O‘zbekistonda qizlar yigitlardan tezroq ish topadi

Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi bitiruvchilarning mehnat bozoridagi natijalarini jinslar kesimida ham tahlil qilidi.
Unga ko‘ra, qizlar orasida bandlik darajasi 85,1 foiz, yigitlarda esa 80,4 foizni tashkil etgan.
Ishga joylashish tezligida ham keskin farq bor. Qizlar o‘rtacha 2 oyda, yigitlar esa 3 oyda ishga joylashgan.
Biroq o‘rtacha ish haqi bo‘yicha ko‘rsatkichlar boshqacha. Yigitlarning o‘rtacha maoshi 6 mln so‘m, qizlarniki esa 3,9 mln so‘mni tashkil qilgan.

Bitiruvchilar eng yuqori natija ko‘rsatgan TOP-5 soha quyidagicha :
Qizlarda:
– Transport xizmatlari
– Matematika va statistika
– Ta’lim
– Biznes va boshqaruv
– Gumanitar fanlar
Yigitlarda:
– Biznes va boshqaruv
– Sog‘liqni saqlash
– San’at
– Matematika va statistika
– Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
BSI natijalari bilan rasmiy platformada batafsil tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq ba’zi oliygohlar bitiruvchilarining o‘rtacha ish haqi 3 million so‘mga ham yetmasligi haqida xabar bergan edik.
Dilnoza Zaripova
-
Pingback: Qaysi oliygohlar bitiruvchiga ish topishga ko‘maklashmayapti? - Avlod News