09:04, Sentabr 11, 2025
/
590

Pedagogika yo‘nalishida tasdiqlangan davlat stipendiyasini olish tartibi

Prezidentning 2025-yil 10-sentyabr kuni ‘‘Pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasini taʼsis etish toʻgʻrisida’’ PF-162-son Farmoni imzolandi.

Unga ko’ra, 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim tashkilotlarining talabalari uchun Abdulla Avloniy nomli davlat stipendiyasi ta’sis etiladi.

Stipendiyani olish talablari:

  • Talaba pedagogika yo‘nalishida bakalavriat dasturida o‘qishi kerak;
  • Talabaning barcha fanlardan baholari “a’lo” bo‘lishi kerak (eng ko‘pi bilan 25% baholar “yaxshi” bo‘lishi mumkin);
  • Talaba ijodiy ishlar yoki loyihalarda faol ishtirok etishi kerak;
  • Stipendiya oxirgi ikki kurs talabasiga beriladi.

Har bir oliygohdan bitta talaba stipendiya oluvchi sifatida tanlanadi.

Stipendiyani oluvchi talabalarga beriladigan imtiyozlar:

  • Tegishli ko‘krak nishoni va guvohnoma beriladi;
  • Oliy ta’limni tamomlaganidan so‘ng, yosh mutaxassislar sifatida malaka oshirish va o‘qishni davom ettirish uchun chet ellarga yuborishda ustunlik beriladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari