07:48, Sentabr 24, 2026
/
288

O‘zbekistonda “mature students” soni 50 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi mamlakatimizdagi “mature students” sonini ochiqladi. Ma’lumot o‘rnida, “mature students” – xalqaro ta’lim tizimida katta yoshda (odatda 25-40 yoshdan keyin) oliygohga o‘qishga kirgan tajribali talabalarni anglatuvchi atama.

Raqamlardan oliy ta’limga bo‘lgan bu kabi qiziqish so‘nggi yillarda mislsiz darajada o‘sganini ko‘rish mumkin. Taqqoslash uchun, 2010/2011-o‘quv yilida bunday talabalar soni bor-yo‘g‘i 616 nafarni tashkil qilgan. 2015-2017-yillarda esa atigi 174 kishi 40 yoshdan keyin oliy ta’limda tahsil olgan.

2025/2026- o‘quv yili holatiga ko‘ra esa ushbu toifada 53 483 oliygoh talabasi degan maqomga ega.

Ha, o‘qishning hech qachon erta-kechi yo‘q.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari