13:18, Avgust 6, 2026
/
1,6 тыс

Top universitetlarni tamomlab NNT larda ishlayotgan mutaxassislarga qancha ustama to‘lanadi?

Avvalroq xorijning TOP-500 taligiga kiruvchi universitetlarni tamomlab, nodavlat notijorat tashkilotlarida (NNT) faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarga lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanishi haqida xabar bergan edik.

Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi o‘rtasida qo‘shma qarorga ko‘ra, xalqaro reytinglarning TOP-500 taligiga kiruvchi xorijiy oliy ta’lim muassasalarini tamomlab, nodavlat notijorat tashkilotlarida (NNT) faoliyat yuritayotgan yosh mutaxassislarga lavozim maoshiga qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

TOP-200 talikdagi OTM bitiruvchilari uchun:

– Bakalavr – 7 BHM (2 884 000 so‘m)
– Magistr – 10 BHM (4 120 000 so ‘m)
– PhD – 15 BHM (6 180 000 so‘m)

TOP-500 talikdagi OTM bitiruvchilari uchun:

– Bakalavr –5 BHM (2 060 000 so‘m)
– Magistr – 7 BHM (2 884 000 so‘m)
– PhD – 10 BHM (4 120 000 so ‘m) ustama beriladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari