12:14, Avgust 21, 2026
/
1,1 тыс

Endi 10-sinf o‘quvchilari ham texnikumga o‘qishini ko‘chira oladi

Vazirlar Mahkamasining 20-avgustdagi 450-son qarori bilan kasbiy ta’lim tashkilotlarida o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash, shuningdek, 10-sinf o‘quvchilarining maktabdan texnikumga o‘qishini ko‘chirish tartibi tasdiqlandi.

Yangi tartibga ko‘ra, 10-sinfda tahsil olayotgan o‘quvchilar belgilangan tartib asosida o‘qishini texnikumga ko‘chirishi mumkin bo‘ladi.

Ariza qanday topshiriladi?

Arizalar:

– Davlat xizmatlari markazlari orqali;
– yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) orqali elektron shaklda topshiriladi.

Shuningdek, qaror bilan:

– kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarining o‘qishini ko‘chirish va qayta tiklashning yagona tartibi joriy etiladi;
– 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish tartibi alohida belgilanadi;
– o‘qishni ko‘chirish va qayta tiklash bo‘yicha xulosa berish tartibi birxillashtiriladi;
– zarur ma’lumotlar tegishli davlat organlaridan elektron shaklda olinadi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ikki oy ichida ushbu xizmatlarni YIDXP orqali ko‘rsatish imkoniyati yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari