Talabalik hayoti
Mavzuga obuna bo‘lish
Qozog‘iston universitetida kibersport o‘yinlari bo‘yicha yo‘nalishi ochildi

Qozog‘iston Milliy sport universitetida eSport bo‘yicha yangi ta’lim yo‘nalishi ishga tushirildi. Endilikda talabalarga Counter-Strike kabi jamoaviy kibersport o‘yinlari bo‘yicha professional tayyorgarlik beriladi.
O‘quv dasturi doirasida talabalar jamoaviy o‘yinlar strategiyasini ishlab chiqish, o‘yinlarni tahlil qilish, taktikalarni o‘rganish, musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Mashg‘ulotlar universitetning zamonaviy, yuqori texnologiyali kampusida tashkil etiladi.
Shu tariqa Qozog‘iston professional kibersportchilarni tayyorlashni oliy ta’lim tizimi orqali yo‘lga qo‘ymoqda.
0
Fikrlar (0)
Avval yangilari
Fikr bildirish uchun akkauntingizga kirishingiz kerak.
Войти