13:35, Sentabr 19, 2025
/
2,5 тыс

Talabalar yotoqxonasidagi rahbarlar ishdan olindi

Istanbuldagi Otaturk talabalar yotoqxonasida yuzaga kelgan mojaro sababli Yoshlar va sport vazirligi ikki nafar direktor o‘rinbosari hamda yotoqxona direktorini lavozimidan ozod qildi. Bu haqda Turkiya Yoshlar va sport vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, yozgi ta’tildan yotoqxonaga qaytgan bir guruh talabalar kiyim-kechaklari boshqa xonalarda topilgani, o‘z shaxsiy buyumlari o’zgartirilgani, shkaflari sindirilib, haqoratomuz yozuvlar qoldirilganidan shikoyat qilishgan.

Vazirlik bayonotida qayd etilishicha, matbuotda tarqalgan xabarlar asosida tergov boshlanib, Otaturk talabalar uyi direktori va Merkezefendi talabalar uyi direktor o‘rinbosari ishdan bo‘shatilgan. “Ma’muriy va sud jarayonlari qat’iy tartibda amalga oshiriladi”, — deyiladi rasmiy ma’lumotda.

Istanbul Bosh prokuraturasi voqea yuzasidan alohida surishtiruv ishlarini boshlagani bildirdi. Hozirda mazkur holat yuzasidan ma’muriy va sud jarayonlari olib borilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari