08:56, Sentabr 23, 2025
/
2,9 тыс

Sun’iy intellekt oliy ta’limni qanday o‘zgartirmoqda

Sun’iy intellekt universitetlardagi ta’lim jarayoniga putur yetkazmoqda — bu ogohlantiruvchi fikr York universitetining 2 professoridan yangradi. Ularning ta’kidlashicha, ChatGPT kabi generativ AI vositalari oliy ta’limda keng qo‘llanilayotgan bo‘lsa-da, bu texnologiyalar ko‘plab salbiy oqibatlarga olib kelmoqda.
📌 Nega xavotirlar ortmoqda?
Bugungi kunda talabalarning sun’iy intellektdan noto‘g‘ri foydalanishi keng tarqalgan. AI vositalari ba’zan “tadqiqotga yordam beradi” degan niqob ostida aslida talabalarni o‘qish va tahlildan chalg‘itmoqda. AI asosidagi matnlar ko‘pincha umumiy, zerikarli, hatto faktik jihatdan noto‘g‘ri bo‘lib chiqmoqda.

❗️ Tanqidiy fikrlash susaymoqda
MakKenn va Svini misol tariqasida, talabalar Genri Fordning maqolasini tahlil qilishda AI’dan foydalanganlarini ko‘rsatib o‘tishdi. Natijada, talabalarning aksariyati tarixiy kontekst va muallifning murakkab shaxsiyatini tushunmasdan, noto‘g‘ri, hatto xatoli xulosalar chiqargan.Xulosalarga ko’ra :
“AI tanqidiy fikrlashni chetlab o‘tadi va asl material bilan ishlash o‘rniga tayyor matnlar orqali ta’lim jarayonini soddalashtiradi,” — deydi professorlar.

Professor MakKenn va Svini oliy ta’lim tizimini sun’iy intellektga bo‘lgan haddan tashqari ishonchdan qaytishga, texnologiyaning zararli ta’sirini jiddiy tahlil qilishga chaqiradi: “AIni faqat bayram qilish emas, balki unga nisbatan shubha bilan yondashish va ehtiyotkorlik bilan baholash kerak.”

AI yordam berishi mumkin, lekin inson o‘rnini bosa olmaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari