10:07, Oktabr 29, 2025
/
1,2 тыс

2025-yilda eng obro‘li 20 ta universiteti e’lon qilindi

Forbes Education 2025-yil uchun ish beruvchilar orasida eng katta obro‘ga ega Rossiya universitetlari reytingini taqdim etdi. Tadqiqotda 43 ta iqtisodiy sektor vakillari ishtirok etib, mehnat bozorida bitiruvchilari eng qadrlanadigan OTMlar aniqlandi.

Reytingning kuchli uchligi:
Iqtisodiyot oliy maktabi (HSE) — Moskva

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (MGU)

Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti (MGTU)

Umuman olganda, ro‘yxatga kirgan 20 universitetning 14 tasi — Moskvada, 3 tasi — Sankt-Peterburgda, qolganlari esa Yekaterinburg, Qozon va Tomskda joylashgan.

So‘rov natijalariga ko‘ra, ish beruvchilar eng ko‘p iqtisod, muhandislik, IT, marketing va tabiiy fanlar yo‘nalishidagi mutaxassislarni ishga jalb qilmoqda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari