09:21, Noyabr 13, 2025
/
349

Eksklyuziv: Open AI ChatGPT 5.1 ni taqdim etdi

TRT Haber ning yozishicha, Open AI o‘zining yangi avlodi bo‘lgan GPT-5.1 modelini e’lon qildi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, yangilanish ikki asosiy yo‘nalishda — GPT-5.1 Instant va GPT-5.1 Thinking versiyalari orqali foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

GPT-5.1 Instant – bu tezkor va oson muloqot

“Instant” versiyasi foydalanuvchi ko‘rsatmalarini aniqroq tushunishi, tezroq javob qaytarishi bilan ajralib turadi. U muloqotni tabiiyroq tarzda olib boradi. OpenAI vakillarining ta’kidlashicha, bu model ChatGPT foydalanuvchilari orasida eng ommabop variantga aylanishi kutilmoqda.

GPT-5.1 Thinking esa sizga chuqur tahlil va aniq javoblar taqdim qiladi.

“Thinking” versiyasi esa murakkab savollarni chuqur tahlil qilish uchun ishlab chiqilgan. Kompaniya bu model murakkab masalalarni yanada to‘g‘ri hal qilishi, sodda savollarga esa tushunarli va lo‘nda javoblar berishini ma’lum qildi. Shuningdek, yangi tizim texnik atamalarni kamroq qo‘llaydi. Foydalanuvchi uchun qulayroq tushuntirish uslubiga ega bo‘ladi.

GPT-5.1 ChatGPT ning nafaqat aql-zakovatini, balki suhbat ohangini ham takomillashtirdi. Modelga joriy etilgan yangi “instruction following” tizimi orqali foydalanuvchilar chat-bot javoblarini aniqroq yo‘naltira olishadi. Kompaniya GPT-5 avval avgust oyida taqdim etilganini eslatib, GPT-5.1 versiyasi bu tajribani yanada yuksak bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi. Ayniqsa tezlik, mantiqiy fikrlash va foydalanuvchi bilan o‘zaro aloqada sezilarli yaxshilanishlar kuzatilgan.

Shuningdek, OpenAI yangi modelning asosiy farqlaridan biri sifatida uning “iliqroq va empatikroq” ohangini ko‘rsatdi. Endilikda ChatGPT foydalanuvchiga yanada yaqin, samimiy va tabiiy muloqot uslubida javob beradi. Shu bilan birga, GPT-5.1 murakkab topshiriqlarni yanada samarali bajarib, foydalanuvchiga yanada qulay va insoniyroq suhbat tajribasini taqdim etadi.


Bu xabardan keyin ChatGPT ga turmushga chiqadiganlar soni yanada ko‘payib ketishidan xavotirdamiz…

Biroz muddat avval Open AI o‘rtacha daromadli mamlakatlar uchun “ChatGPT Go” premium tarifini 5,50 dollar (66 ming so‘m) evaziga taklif qilgan edi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari