10:28, Noyabr 19, 2025
/
317

“Ma’muriy karusel” – siyosiy tarafkashlik jazosi!

Moskva sudi 22 yoshli magistratura talabasi Leonid Katsni siyosiy tarafkashlik uchun yana 15 sutkaga qamadi. BBC News xabariga ko‘ra, jazoning rasmiy sababi — jamoat joyida so‘kinish. Ammo BBC ma’lumotiga ko‘ra, bu uning ketma-ket to‘rtinchi hibsga olinishi. U 1,5 oydan beri uzluksiz turli maxsus qamoqxonalarda saqlanmoqda.

Bu amaliyot Rossiyada “ma’muriy karusel” deb ataladi.

Odatda, u siyosiy ishlar bo‘yicha odamlarni uzoq muddat izolyatsiya qilish, ularni qo‘rqitish yoki yangi jinoiy ishga “tayyorlash” uchun qo‘llanadi. Xuddi shunday usul ilgari Ilya Yashin va boshqa faollarga nisbatan ham kuzatilgan.

Leonid Katsni politsiya har safar navbatdagi 15 sutkalik qamoqdan chiqqan zahoti qayta ushlangan. Va turli ayblar ortidan boshqa sud orqali yana jazoga hukm qilgan. Uning advokati barcha ushlashlar noqonuniy bo‘lganini aytmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Kats — Moskvaning “Intellektual” maktabi bitiruvchisi va matematika olimpiadalari g‘olibi. U 2021-yilda, hali voyaga yetmagan paytida, Navalniy qo‘llab-quvvatlash noroziliklarida ishtirok etgani uchun ham ushlangan edi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari