09:28, Dekabr 16, 2025
/
276

Braun universiteti fojiasi: otishmani sodir etganlikda gumonlanayotgan fuqaro ozod etildi!

Manbalarga ko‘ra, otishma bo‘yicha dastlab hibsga olingan sobiq harbiy xizmatchi dalillar yetishmasligi sababli ozod etilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda, huquqni muhofaza qilish organlari jamoatchilikni faol hamkorlikka chaqirmoqda.

AQSH Federal Qidiruv Byurosi (FQB) Providens shahrida joylashgan Braun universitetida sodir etilgan otishma bilan bog‘liq jinoyatni amalga oshirgan shaxsning shaxsini aniqlash va uni hibsga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 50 ming AQSH dollari miqdorida mukofot puli e’lon qildi.

Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

FQB vakili Ted Doksning ma’lum qilishicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar gumondorning aniqlanishi, qo‘lga olinishi va unga nisbatan rasmiy ayblov e’lon qilinishiga olib keladigan har qanday ishonchli axborotni yuqori baholaydi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari