08:16, Fevral 12, 2026
/
244

Anapadagi texnikum fojiasi: nishon yana ta’lim muassasasi, yana qurbon bor

Anapadagi texnikum fojiasi

Anapadagi o‘rta maxsus o‘quv yurtlaridan birida sodir etilgan otishma natijasida bir kishi halok bo‘ldi, yana ikki kishi jarohatlandi. Hujumda gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Krasnodar o‘lkasi Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, Anapadagi texnikumlardan birining foyesida (kirish qismida) ushbu o‘quv yurti talabasi otishma boshlagan. U xavfsizlik kuchlari tomonidan ushlandi. Dastlab boshqarma uch kishi jabrlanganini ma’lum qilgan edi, keyinchalik ulardan biri vafot etganiga aniqlik kiritdi.

Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyevning ma’lum qilishicha, halok bo‘lgan shaxs qo‘riqchi bo‘lib chiqqan.

“Hozirgi vaqtda bir nafar halok bo‘lgan kishi bor — zarbani birinchi bo‘lib o‘ziga qabul qilgan qo‘riqchi. U tezkorlik bilan harakat qilib, huquq-tartibot idoralarini chaqirgan va hujumchining texnikum ichkarisiga kirishiga yo‘l qo‘ymagan», — deb yozdi gubernator o‘zining Telegram-kanalida.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, otishma chog‘ida yana ikki kishi o‘rtacha og‘irlikdagi jarohatlar olgan.

“KP-Kuban” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar — o‘qituvchilardan biri va bir talaba. Halok bo‘lgan qo‘riqchi esa 55 yoshli Nikolay Z. ekani aytilmoqda.

TASS agentligi tomonidan e’lon qilingan fotosuratlardan ko‘rinishicha, otishma Sanoat (Promishlennaya) ko‘chasida joylashgan Anapa industrial texnikumida sodir bo‘lgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari