09:30, Mart 5, 2026
/
203

Bu yilgi “zulfiyachi” lar orasida nechta talaba bor?

Prezident Shavkat Mirziyoyev 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida “Zulfiya” mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Eng quvonarlisi, bu yilgi “Zulfiyachi” qizlarning aksariyatini talabalar tashkil etmoqda.

Ular:

Satniyozova Indira Qaniyaz qizi — Qoraqalpoq davlat universiteti talabasi;

Erimbatova Dilnoza Nurulla qizi — Qoraqalpoq davlat universiteti magistranti;

Umurzoqova Mohlaroy Muxtorjon qizi — Andijon davlat pedagogika instituti magistranti;

Abduqahhorova Muslimaxon Mirzabahrom qizi — Andijon davlat pedagogika instituti magistranti;

Ergashova Mehriniso Husniddin qizi — Buxoro davlat pedagogika instituti magistranti;

Fayzullayeva Vazira Hamidovna — Buxoro davlat tibbiyot instituti magistranti;

Tursunova Visola Behzodovna — Jizzax davlat pedagogika universiteti talabasi;

Haydarova Laziza Nabijon qizi — Navoiy davlat universiteti talabasi;

Ismoilova Gulshanoy Shuhrat qizi — O‘zbekiston milliy universiteti talabasi;

Shokirova Gulhayo O‘ktam qizi — Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti magistranti;

Mavlonova Sevinch Sanjar qizi — “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabasi.

Ma’lumot o‘rnida, “Zulfiya” mukofoti sohibalarining har biri bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari (20 600 000 so‘m) miqdorida pul mukofoti bilan rag‘batlantiriladi.

“Avlod Media” jamoasi talabalarni mukofot bilan tabriklab, ularning kelgusi faoliyatiga yuksak zafarlar tilaydi!

Fikrlar (0)
Avval yangilari