TDYU tasarrufidagi akademik litseylarga qabul boshlandi!

Toshkent davlat yuridik universiteti tasarrufidagi akademik litseylarga 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayoniga start berildi. Kirish imtihonlari Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladi.
Hujjatlar qachon va qayerda qabul qilinadi?
Abituriyentlar 10-iyundan 10-iyulga qadar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki Ta’lim xizmatlari portali (my.edu.uz) orqali mutlaqo bepul ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Imtihon qanday tartibda o‘tadi?
Iyul oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovlari quyidagi ikkita bo‘lim asosida tashkil etiladi:
I bo‘lim (Asosiy fanlar):
- Huquq (8–9-sinf darsliklari asosida): 20 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 3.1 ball;
- Chet tili (ingliz, nemis yoki fransuz tili): 20 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 3.1 ball.
II bo‘lim (Mantiqiy fikrlash):
- IQ (intellektual koeffitsiyent): 20 ta test, har bir to‘g‘ri javob uchun 1.1 ball.
Qo‘shimcha savollar uchun (Call-markazlar)
Abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish maqsadida hududlardagi litseylarda tezkor aloqa tarmoqlari yo‘lga qo‘yildi:
📍 Toshkent shahri (M.Vosiqova nomidagi akademik litsey):
📞+998 55 515-01-77
📍 Namangan viloyati:
📞+998 69 233-07-20
📞+998 69 255-05-53
📞+998 91 184-22-90
📞+998 94 040-63-62
📍 Samarqand viloyati:
📞+998 66 240-94-15
📞+998 99 025-47-11
📞+998 90 212-70-45
📍 Qashqadaryo viloyati:
📞+998 90 617-66-55
📞+998 99 379-19-22
📞+998 90 720-45-65
📞+998 91 453-48-76