08:55, Iyul 14, 2026
/
614

2026/2027-o‘quv yili uchun o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati tasdiqlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026/2027- o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish hamda ko‘chirib tiklash bo‘yicha turdosh bakalavriat yo‘nalishlari ro‘yxatini e’lon qildi. Avvalroq “perevod” uchun o‘tish ballari ham tasdiqlangani haqida xabar berilgan edi.

Asosiy o‘zgarish va qoidalar

  • 34 ta guruh: Oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori boʻyicha barcha turdosh taʼlim yoʻnalishlari jami 34 ta guruhga ajratildi.
  • Arizalarni ko‘rib chiqish: O‘qishni ko‘chirish yoki qayta tiklash maqsadida ariza topshirgan talabalarning ilgari ta’lim olgan yo‘nalishlari va mutaxassisliklari amaldagi klassifikatorga muvofiqlashtirilgan holda inobatga olinadi.

Maxsus yo‘nalishlar uchun eslatma

Quyidagi yo‘nalishlar o‘z sohasi (tarmoq, yoʻnalish yoki faoliyat turi) boʻyicha mos keladigan taʼlim yoʻnalishlari guruhiga turdosh deb hisoblanadi:

  • Kasb taʼlimi (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha).
  • Professional taʼlim (bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha).
  • Xizmat koʻrsatish texnika va texnologiyasi (xizmat koʻrsatish tarmoqlari boʻyicha).
  • Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yoʻnalishlari boʻyicha).

O‘z yo‘nalishingiz qaysi turdosh guruhga tushishini aniqlash uchun to‘liq hujjat bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari