07:36, Iyul 31, 2026
/
458

O‘zbekistonda PhDlar soni 15 mingdan oshdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatida, O‘zbekistonda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi, shuningdek, xorijda olingan fan nomzodi yoki unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalarga ega tadqiqotchilar soni 15,5 ming nafarni tashkil etdi.

Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 1,4 ming nafarga (yoki 9,9 foizga) ko‘paygan.

Shuningdek, fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega mutaxassislar soni 4,8 ming nafarga yetib, bir yil ichida 1,8 ming nafarga (yoki 60 foizga) oshgani kuzatildi.

Ma’lumot o‘rnida, PhD (Doctor of Philosophy / Falsafa doktori) – xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvchi, ko‘pincha magistraturadan so‘ng muayyan ixtisoslik bo‘yicha olinadigan dastlabki ilmiy daraja. DSc (Doctor of Science / Fan doktori) esa PhD darajasidan keyingi, mamlakatimizdagi eng yuqori ilmiy daraja hisoblanadi. Uni olish uchun fan sohasiga sezilarli hissa qo‘shadigan, yirik va fundamental ilmiy tadqiqotlar natijalarini o‘z ichiga olgan doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish talab etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari