11:19, Avgust 1, 2025
/
612

11 – sinf o‘quvchisi qamoqqa olindi

AQSH o‘rta maktabining 11-sinf o‘quvchisi 21-iyul kuni ish joyida Immigratsiya va Bojxona xizmati tomonidan hibsga olinib, muhojirlar saqlanadigan lagerga jo‘natilgan. Xabar tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng o‘qituvchilar va o‘quvchilar maktab oldida norozilik mitinglarini o‘tkazishmoqda.

Lesli Blatto, Nyu Heven o‘qituvchilar uyushmasi prezidenti: “Biz Esdrasni o‘z uyiga qaytarish uchun kurashamiz. U maktabga, do‘stlari va mehribon o‘qituvchilari oldiga qaytishi kerak” , – demoqda.

18 yoshli Esdrasning advokati uni hibsga olinganidan beri birinchi marta gaplasha olganini, va boshqa muassasaga ko‘chirilganini aytdi. U yerda esa vaqtincha advokati bilan aloqasi uzilgan. Shtat senatori ish joylari, maktablar va sud binolarida amalga oshirilgan hibsga olishlar haqida gapirib, jamoani bir-birini qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi.

AQSh kongress a’zosi Rosa DeLauro o‘z bayonotida: “Tramp ma’muriyatining bu siyosati shafqatsiz va uyatli. Esdras hech qanday yomon ish qilmagan. U ishlagan, o‘qigan, boshqalarga yordam bergan. Endi esa o‘z oilasi, ta’limi va do‘stlaridan ajratildi” , – demoqda.

Tramp prezidentlikka kelganidan beri noqonuniy muhojirlarni aniqlash va deportatsiya qilish kuchaygan, yil boshidan iyungacha 247 nafar odam hibsga olingan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan ikki baravar ko‘p.

Fikrlar (0)
Avval yangilari