09:28, Sentabr 5, 2025
/
435

Tojikistonda talaba Range Rover’da universitetga kelgani uchun o‘qishdan chetlatilishi mumkin

Mamlakat qonunlariga ko‘ra, talabalarga shaxsiy transport vositasida darslarga qatnashish qat’iyan taqiqlangan. Bu holatda talaba o‘qishdan chetlatilishi mumkin

Tojikiston Milliy universiteti talabasi Range Rover avtomobilida darsga kelgani uchun o‘qishdan chetlatilishi mumkin, deya xabar berilmoqda.

Hodisa Dushanbeda yuz bergan. Tojikiston Milliy universitetining ikkinchi kurs talabasi Range Rover avtomobilida darsga kelgan. Mamlakat Ta’lim vazirligi buyrug‘iga ko‘ra, talabalarga shaxsiy transportda darslarga qatnashish mutlaqo taqiqlangan.

Bu qoidaning buzilishi 3 yil muddatga, qayta tiklanish huquqisiz universitetdan chetlatilish bilan yakunlanadi. Yakuniy qaror qabul qilish uchun tegishli hujjatlar Ta’lim vazirligiga va universitet rahbariyatiga yuborilgan, deyiladi xabarda.

Fikrlar (0)
Avval yangilari