10:31, Iyul 11, 2025
/
2,0 тыс

Test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumot

Bilimni baholash agentligining saytiga oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi. (https://uzbmb.uz/page/test_2025)

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan hududning rasmi;
🔹 Hududga kirish joylari;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy nomi;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan joy manzili;
🔹 Bino raqami;
🔹 Test sinovi o‘tkaziladigan guruhlar;
🔹 Joylarning google xaritadagi joylashuvi (geolokatsiyasi).

Test sinovlarini o‘tkaziladigan binolar:
👉 https://uzbmb.uz/page/test_2025

Mazkur sahifadan tegishli hududni tanlab, ushbu hududdagi test sinovi o‘tkaziladigan binolar bo‘yicha ma’lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

Shuningdek, «Abituriyent ruxsatnomasi»da binoning geolokatsiyasi mavjud bo‘lib, QR-kod orqali bino joylashgan manzilni aniqlash imkoni mavjud.

Fikrlar (0)
Avval yangilari