10:11, Iyul 17, 2025
/
2,3 тыс

Qaysi oliygohlarga eng ko‘p abituriyentlar qiziqish bildirmoqda?

2025/2026-o‘quv yili uchun oliy ta’limga qabul jarayonlari qizg‘in pallaga kirdi. Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan e’lon qilingan statistik ma’lumotlarga ko‘ra, abituriyentlar tomonidan eng ko‘p ko‘rilgan va qiziqish bildirilgan oliygohlar ro‘yxati aniqlandi.

📌 Eng ko’p korilgan davlat OTMlar (ko‘rilish soniga qarab):

O‘zbekiston Milliy universiteti – 3 242 626 marta ko‘rilish bilan reytingda yetakchilik qilmoqda. Bu oliygohning yuqori akademik darajasi, boy tarixiy merosi va keng yo‘nalishlar tanlovi uni eng mashhur OTMga aylantirgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti – 1 667 451 marta ko’rilganligi bilan 2-o‘rinda.

Toshkent davlat pedagogika universiteti – 1 123 536 marta ko’rilgani bilan pedagogika, psixologiya va ta’lim sohalarida yetakchi bo‘lgan ushbu oliygoh abituriyentlar orasida 3-o‘ringa loyiq ko‘rilgan.

Toshkent davlat transport universiteti – 1 021 566 marta ko‘rilgan va bu texnika va transport sohalariga qiziqish yuqoriligini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti – 882 931 marta ko‘rilgani bilan kuchli beshtalikni yakunlab bergan.

📌Eng ko‘p ko‘rilgan nodavlat OTMlar:

University of Business and Science (Toshkent) – 845 685 marta ko‘rilish bilan nodavlat sektor ichida yetakchilik qilgan.

Profi University – (758 871 marta ko‘rilgan).

Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti – 541 898 marta ko‘rilgan.

Fan va texnologiyalar universiteti – 368 356 marta ko‘rilgan.

STARS International University – xalqaro ta’limga yo‘naltirilgan nodavlat oliygoh, 109 119 marta ko‘rilgan.

Statistik ko‘rsatkichlar shuni anglatadiki, abituriyentlar ko‘proq aniq yo‘nalishga ega, zamonaviy, xalqaro standartlarga mos OTMlarni izlayapti. Har bir ko‘rilish soni orqali abituriyentlarning aynan qaysi OTMlarga o‘qishga kirishni ko‘proq xohlayotganini ko‘rish mumkin.

Fikrlar (0)
Avval yangilari