07:45, Avgust 1, 2025
/
704

“Ziyo Forum” Xitoy bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda

Joriy haftada “Ziyo Forum” fan va ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi rahbariyati Xitoy davlatiga rasmiy tashrifni amalga oshirishdi. “Xitoy-ShHT Savdo-iqtisodiy instituti”da bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida hamkorlikning muhim yo‘nalishlari muhokama qilindi. Jumladan, O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida “talabalar, yosh mutaxassislar va professor-o‘qituvchilar tarkibining akademik mobilligi” masalalari ko‘rib chiqildi.

🤝 Muzokaralar davomida talabalar, yosh mutaxassislar va o‘qituvchilar o‘rtasida almashinuvni yo‘lga qo‘yish maqsadida “qo‘shma platforma tashkil etish” taklif etildi. Bu har ikki tomon yoshlariga sifatli ta’lim olish, amaliyot o‘tash va dunyoqarashlarini kengaytirish imkonini yaratadi.

“Biz ishonamizki, bu tashabbus mamlakatlarimiz ta’lim tizimlarini yaqinlashtirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishda muhim qadam bo‘ladi. Bizning tashrifimiz — bu xalqaro aloqalarni mustahkamlash, shuningdek O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida ta’lim ko‘prigini yaratish yo‘lidagi yana bir qadamdir”, — dedi Jamg‘arma direktori Bobur Farmanov.

Yaqin kelajakda “Ziyo Forum” jamg‘armasi Yoshlar markazi negizida xitoy tilini o‘rgatish bo‘yicha ijtimoiy kurslarni boshlash yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari