11:28, Avgust 21, 2025
/
447

Xitoy sun’iy intellektni maktablarga olib kirmoqchi

Xitoy hozirgi kunda sun’iy intellekt (AI)ni maktabdan boshlab ta’limning har bir bosqichiga integratsiya qilishni maqsad qilgan. Bu jarayon yuqoridan pastgacha tizimli tarzda olib borilmoqda:

 —davlat darajasida strategik dizayn ishlab chiqilgan;

 —mahalliy darajada joriy etish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda;

 —o‘quv dasturlarini isloh qilish jarayoni boshlangan;

 —fan olimpiadalari va tanlovlar orqali yoshlar rag‘batlantirilmoqda

 —texnik tayyorgarlik bilan bir qatorda axloqiy savodxonlik ham o‘rgatilmoqda.

Bu yondashuv Xitoyning ta’limda shoshilinch yangilik ortidan quvmasdan, balki “sekin pishirilgan” — uzoq muddatli va mustahkam ildiz otadigan strategiyani tanlaganini ko‘rsatadi.

Bugun ko‘plab davlatlar AI ta’limini muhokama qilayotgan bir paytda, Xitoy bu yo‘lda jimgina, lekin izchil sur’atlarda oldinga chiqib olmoqda. Bu nafaqat kelajak iqtisodiyoti, balki geosiyosiy raqobatda ham muhim omil bo‘lishi mumkin.

Sizchi nima deb o’ylaysiz AI ni maktab tizimidan integratsiya qilish kerakmi?

Fikrlar (0)
Avval yangilari