11:52, Yanvar 26, 2026
/
520

O‘zbekistonda talabalar uchun onlayn mehnat bozori tashkil etiladi

O‘zbekistonda 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab respublika oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va bitiruvchilarini ularning ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Karyera” elektron platformasi ishga tushiriladi. Bu prezident farmoni loyihasida belgilangan. Platformada onlayn sun’iy intellekt orqali bitiruvchilarning qobiliyati va qiziqishidan kelib chiqib ish taklif qilinadi.

Bunda “Karyera” elektron platformasi orqali talabalar va bitiruvchilar hamda ish beruvchilarni bog‘lovchi onlayn mehnat bozori maydoni tashkil etiladi. Sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida talabalar va bitiruvchilarning qobiliyati, o‘zlashtirish darajasi hamda qiziqishlaridan kelib chiqib, ularga maqbul vakant ish o‘rinlari bo‘yicha va ish beruvchilarga esa munosib nomzodlarni taklif qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, talabalar va bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan suhbatga onlayn tayyorlash imkoniyatini yaratish hamda talabalar va bitiruvchilarning tegishli ishga joylashishi jarayonlari ustidan monitoringni avtomatik tarzda yuritish tartibini joriy etiladi.

Farmon loyihasida qayd etilishicha, bu orqali 1,6 million nafar talaba va bitiruvchilar uchun munosib kasb tanlash imkoniyati yaratiladi 50 mingdan ziyod ish beruvchilar “Karyera” elektron platformasiga integratsiya qilinib, munosib kadrlarni topish sharoitlari yaratiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari