Milliy statistika qo‘mitasi iqtidorli talabalar uchun stipendiya e’lon qiladi

Iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni rag‘batlantirish hamda Milliy statistika qo‘mitasi uchun istiqbolli kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida “Milliy statistika qo‘mitasi stipendiyasi” tanlovi e’lon qilinadi.
Tanlovda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalarining statistika, iqtisodiyot, moliya, axborot texnologiyalari, ma’lumotlar ilmi va tahlili (Data Science & Analytics) yo‘nalishlarida, kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
Talabgor bakalavriatning 3/4-bosqichi yoki magistratura talabasi bo‘lishi shart.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkaziladi:
1-bosqich – hujjatlarni taqdim etish va ko‘rib chiqish (saralash bosqichi);
2-bosqich – nazariy bilimlarni baholash testlari (statistika, iqtisodiyot, matematika, analitik fikrlash, IQ, ingliz tili);
3-bosqich – tanlov komissiyasi a’zolari bilan suhbat.
Taqdim etiladigan hujjatlar:
— Ma’lumotnoma (CV, bog‘lanish uchun aloqa ma’lumotlari bilan);
— Motivation letter;
— Akademik reyting ko‘rsatkichlari (akademik ma’lumotnoma);
— Xorijiy tillarni bilish bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
— Ilmiy-tadqiqot ishlari bo‘yicha hujjatlar (mavjud bo‘lsa);
— Erishilgan yutuqlar va ijtimoiy faollik bo‘yicha ma’lumotlar hamda tasdiqlovchi hujjatlar (mavjud bo‘lsa).
1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar bilan bog‘laniladi va 2-bosqichga taklif etiladi.
Nomzodlar hujjatlarni faqat PDF formatda 2026-yil 15-fevral kuni soat 18:00 ga qadar sto1@stat.uz elektron pochta manziliga yuborishlari lozim:
Tanlov natijalariga ko‘ra 10 nafar g‘olib aniqlanadi.
G‘oliblarga 2025–2026 o‘quv yilining ikkinchi yarmi (fevral–iyun) davomida BHMning 3 barobari ( 1million 236 ming so‘m) miqdorida stipendiya to‘lab beriladi.
Tanlovning to‘liq shartlari, bosqichlari va baholash mezonlari bu yerda.