08:00, Fevral 18, 2026
/
291

“Karyera” platformasi 2026-yilda ishga tushadi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi zimmasiga ushbu plaformani ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

Prezident farmoni bilan 2026-yilgi davlat dasturi doirasida bajariladigan ishlar taqsimoti amalga oshirildi. Jumladan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi zimmasiga ushbu plaformani ishga tushirish vazifasi yuklatildi.

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab respublika oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlari talabalari va bitiruvchilarini ularning ish bilan ta’minlashga ko‘maklashuvchi “Karyera” elektron platformasi orqali talabalar va bitiruvchilar hamda ish beruvchilarni bog‘lovchi onlayn mehnat bozori maydoni tashkil etiladi. Bunda sun’iy intellekt texnologiyalari yordamida talabalar va bitiruvchilarning qobiliyati, o‘zlashtirish darajasi hamda qiziqishlaridan kelib chiqib, ularga maqbul vakant ish o‘rinlari bo‘yicha va ish beruvchilarga esa munosib nomzodlarni taklif qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yiladi. Talabalar va bitiruvchilarni ish beruvchilar bilan suhbatga onlayn tayyorlash imkoniyatini yaratilib ularning tegishli ishga joylashishi jarayonlari ustidan monitoringni avtomatik tarzda yuritish tartibi joriy etiladi.

Natijada, 1,6 million nafar talaba va bitiruvchilar uchun munosib kasb tanlash imkoniyati yaratiladi. 50 mingdan ziyod ish beruvchilar “Karyera” elektron platformasiga integratsiya qilinib, munosib kadrlarni topish sharoitlari yaratiladi. 150 ming nafar texnikum bitiruvchilari uchun munosib ish topishga imkoniyat yaratiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari