08:21, Fevral 19, 2026
/
385

Joriy yil oliygohlar uchun qabulda o‘tish ballari oshirilmaydi

Qirg‘iziston OTM'lariga qabulda bu yil o‘tish ballari oshirilmaydi. Bu haqida mamlakat Ilm-fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Durus Kozuyev

Qirg‘iziston OTM’lariga qabulda bu yil o‘tish ballari oshirilmaydi. Bu haqida mamlakat Ilm-fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Durus Kozuyev ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025-yilda o‘tish bali quyidagi darajada tasdiqlangan edi: 🔹 asosiy test — 110 ball; fan testlari — 60 ball.

Ayrim yo‘nalish va mutaxassisliklar uchun asosiy test bo‘yicha o‘tish ballari farq qilgan. Masalan,

pedagogik ta’lim yo‘nalishlari/mutaxassisliklari uchun — davlat granti asosidagi o‘rinlarga 130 ball va to‘lov-kontrakt asosidagi bo‘limlarga 115 ball;

sog‘liqni saqlash sohasidagi yo‘nalishlar/mutaxassisliklar uchun — davlat granti asosidagi o‘rinlarga 120 ball va to‘lov-kontrakt asosidagi bo‘limlarga 110 ball;

qishloq xo‘jaligi va qishloq xo‘jaligi fanlari yo‘nalishlari/mutaxassisliklari uchun — davlat granti hamda to‘lov-kontrakt asosidagi o‘rinlarga birdek 100 ball.

Durus Kozuyevning qo‘shimcha qilishicha, Qirg‘iziston Respublikasi IIV Akademiyasi hamda Qurolli Kuchlar Harbiy institutiga o‘qishga kirish tanlovida qatnashish uchun qo‘shimcha tibbiy ko‘rik va qo‘shimcha sinovlardan o‘tgan abituriyentlargagina ruxsat etiladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari