10:58, Mart 2, 2026
/
232

“Nufuzli oliygoh talabasi” 9 ming dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Toshkent viloyati prokuraturasining devonxona noziri O‘rtachirchiq tumanidagi yakka tartibdagi tadbirkorga tegishli savdo do‘konida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganlik holati bo‘yicha aniqlangan 276 mln so‘mlik jarimani vakolatli tanishlari orqali bartaraf etib berishni va’da qilgan.

Shuningdek, mansabdor tadbirkorga nisbatan chora ko‘rilmasligiga kafolat berishini aytib, undan 9 ming AQSH dollari (109 419 120 so‘m) talab qilgan. Nozir hozirda Namangan shahridagi nufuzli oliygohda o‘qiyotganligi bois talab etilgan pulni shu joyga olib kelib berishni so‘ragan.

DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 9 ming AQSH dollarini Namangan viloyatida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Holat yuzasidan Namangan viloyati prokuraturasi tomonidan ushbu shaxs va boshqalarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (pora berish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, devonxona noziriga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Fikrlar (0)
Avval yangilari