09:01, Noyabr 19, 2025
/
334

Chet eldagi “vallomat” ning Twitterdagi fikrlari

Rossiya bo‘ylab “Parallel olamlar jentelmeni”, “Gollivud aktyori va rejissyori” sifatida tanilgan Nevskiy yana diqqat markazida. Avvalroq Tula viloyati sobiq gubernatori Vladimir Gruzdevning sport bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.

Nevskiy Twitterdagi sahifasida “bosim va hibslar ortidan minglab rus talabalarining ruhi so‘nayotganidan” norozi ekanini yozdi. Ma’lumot o‘rnida, Rossiyada Twitter ta’qiqlangan.

Nevskiyning yozishicha, Rossiyada faqat alohida holatlarda musiqachilar uchun qo‘llab-quvvatlash uchrab turadi xolos. Unda ham faqat “xorij agentlari” qo‘shiqlarini aytgan yosh musiqachilarga nisbatan. Ammo yuz minglab talabalarning, shuningdek , kino, estrada va internet yulduzlarining qo‘rqoqligi va befarqligi hayratlanarli.

Bu fikrlarga foydalanuvchilar darhol javob qaytarishdi. Ular Nevskiyni Rossiyaga kelib, “qo‘rqoqlikda ayblayotgan talabalar”ga qanday norozilik bildirish va qanday yashash kerakligini shaxsan ko‘rsatishni taklif qilishdi. Aleksandr Nevskiy hozirda Amerika Qo‘shma Shtatlarida yashaydi.

Oldinroq Rossiyada ordinatura uchun yangi tartib belgilangandi.

Ra’no Nusratilloyeva

Fikrlar (0)
Avval yangilari