Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga turdosh bo‘lmagan yo‘nalishlar bitiruvchilari ham hujjat topshirishlari mumkin

Bank-moliya akademiyasi zamonaviy boshqaruv va moliya sohalarida yuqori malakali kadrlarni tayyorlash maqsadida hujjatlar qabuli boshlanganini rasman ma’lum qilmoqda.
E’tiborli jihati shundaki, “Loyiha boshqaruvi (Project Management)” hamda “Biznesni boshqarish (MBA General)” magistratura mutaxassisliklariga ta’lim yo‘nalishi turdoshligidan qat’i nazar, ya’ni bakalavriatning istalgan ta’lim yo‘nalishini tamomlagan mutaxassislar hujjat topshirish huquqiga ega. Qolgan barcha mutaxassisliklar uchun bakalavriatning iqtisodiyot ta’lim yo‘nalishini tamomlaganlik talab etiladi.
Master of Business Administration (MBA) dasturlari:
- Biznesni boshqarish (MBA General)
- Biznesni boshqarish (MBA FinTech)
- Biznesni boshqarish (MBA Banking)
Master of Science (MSc) dasturlari:
- Loyiha boshqaruvi (Project Management)
- Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori
- Soliqlar va soliqqa tortish
- Moliya
- Sugʻurta kompaniyalarini boshqarish
- Bank ishi
- Davlat moliyaviy nazorati va auditi
- Iqtisodiyotni monetar tartibga solish
- Islom iqtisodiyoti va moliyasi
Qabul shartlari va muddatlari:
- Hujjatlar 2026-yilning 20-avgust sanasiga qadar (shu kuni ham) Akademiyaning rasmiy admission.bfa.uz elektron platformasi orqali onlayn tartibda qabul qilinadi.
- Magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ajratilgan kvotalar, o‘quv dasturlari davomiyligi va to‘lov-kontrakt miqdorlari bilan maxsus havola orqali tanishish mumkin.
Bog‘lanish uchun ma’lumotlar:
- Telefon: +998 55 515 54 23
- Elektron pochta: qabul@bfa.uz