Bu yil xorijiy va nodavlat oliygohlarning 1 452 ta talabasiga davlat granti beriladi

Xabaringiz bor, mamlakatimizda faoliyat olb borayotgan nodavlat va xorijiy universitetlar talabalari uchun maqsadli davlat grantlari berish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi 2026/2027-oʻquv yili uchun 1 452 ta davlat granti o‘rinlari tasdiqlanganini e’lon qildi.
Ma’lum, xususiy oliygohlarda qabul jarayonlari asosan iyun oyidan sentyabrgacha davom etadi. Qabul to‘liq yakuniga yetgach, ushbu muassasalarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan talabalar uchun maxsus grant tanlovida ishtirok etish imkoniyati yaratiladi.
Grant yutib olish jarayoni qanday kechadi?
- Ro‘yxatdan o‘tish: Kontrakt asosida qabul qilingan talabalar grant o‘rinlari uchun belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishadi (bunda PQ–4319-son qaroriga asosan maxsus to‘lov undiriladi).
- Maxsus imtihon: Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar uchun alohida test sinovlari o’tkaziladi.
- Saralash: Test natijalariga ko‘ra to‘plangan ballar ketma-ketligida reyting shakllantiriladi va bu ro‘yxat tegishli oliygohlarga taqdim etiladi. Yuqori ball egalari grantga ega bo‘lishadi.
O‘ta muhim jihati
Davlat grantlari muayyan bir universitetga emas, balki ta’lim sohalari (yo‘nalishlari) bo‘yicha ajratiladi! Ya’ni davlat qaysidir nodavlat OTMni ajratib ko‘rsatmaydi, balki belgilangan soha bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan talabalarning kontrakt pulini qoplab beradi.
Grantlarning sohalar bo‘yicha taqsimoti:

Qiziq tarafi, davlat oliygohlariga kirish imtihonlarida qatnashib, o‘qishga kirolmagan abituriyentlar ham o‘zlari to‘plagan ballar bilan ushbu xususiy va xorijiy OTMlardagi mos yo‘nalishlar bo‘yicha grant tanlovida qatnashish huquqiga ega bo‘ladilar.
📌 Eslatma: Test sinovlari qachon o‘tkazilishi va ro‘yxatdan o‘tish muddatlari haqida barcha qabul jarayonlari yakunlangandan so‘ng aniq ma’lumot beriladi.