09:45, Iyun 11, 2026
/
637

O‘zbekistonda yangi davlat oliygohi ochilmoqda

2026-yil 20-maydan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq organlari faoliyatini institutsional jihatdan takomillashtirish va soliq maʼmuriyatchiligida zamonaviy yondashuvlarni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi PF-95-son farmoni kuchga kirdi. Unga binoan 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Soliq qo‘mitasi qoshida Soliq oliy maktabi o‘z faoliyatini boshlaydi. Muassasa bakalavriat va magistaratura darajalari uchun talabgorlarni qabul qiladi.

Hujjatga muvofiq, oliy maktab ichida kadrlar malakasini oshirish va sohaga oid ilmiy tadqiqotlar o‘tkazadigan ikkita maxsus markaz ham ochiladi. Bundan maqsad – ta’limni amaliyot bilan birlashtirib, zamonaviy soliqchilar tayyorlash.

Universitetga Toshkent shahri, Kichik halqa yo‘li ko‘chasidagi (3 va 3a-uylar) binolar beriladi. Shuningdek, u yerda joylashgan Turkiy davlatlar xalqaro universiteti ham tekin foydalanish huquqi bilan qoladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari