19:37, Mart 9, 2025
/
327

Talabalar uchun eng yaxshi shaharlar reytingi e’lon qilindi

Xalqaro QS markazi eng yaxshi talabalar shaharlari reytingiga ko‘ra, 2025 – yilda talabalar uchun eng yaxshi  10 ta shaharlar quyidagilar:

  1. London, Buyuk Britaniya
  2. Tokio, Yaponiya
  3. Seul, Yaponiya
  4. Myunxen, Germaniya
  5. Melburn, Avstraliya
  6. Sidney, Avstraliya
  7. Parij, Fransiya
  8. Tsyurix, Shveytsariya
  9. Berlin, Germaniya
  10.  Monreal, Kanada

Reyting bir nechta asosiy ko‘rsatkichlar asosida tuziladi:

  • Universitetlarning sifati – ta’lim darajasi va yuqori reytingga ega universitetlar soni.
  • Shaharning jozibadorligi – uning turmush darajasi, xavfsizligi, madaniy va ko‘ngilochar imkoniyatlaridadir.
  • Xalqaro hamjamiyat – xalqaro talabalar soni, madaniy xilma-xillik.
  • Yashash narxi – talabalar uchun uy-joy, oziq-ovqat va boshqa xarajatlarning mavjudligi.
  • Talabalarning fikrlari – hozirgi va sobiq talabalarning shahar haqidagi sharhlari.

Ishga joylashish istiqbollari – o‘qishni tugatgandan so‘ng martaba imkoniyatlari, stajirovkalar mavjudligi.

Yevropa shaharlari rivojlangan ta’lim tizimi va yuqori turmush darajasi tufayli yuqori o‘rinlarni egallaydi. London yuqori sifatli ta’lim, keng martaba imkoniyatlari, madaniy va ijtimoiy xilma-xillik uyg‘unligi tufayli oltinchi yil ketma-ket ravishda birinchi o‘rinni egallab turibdi. Tokio va Seul kabi Osiyo shaharlari yuqori texnologiyali infratuzilma va jahon darajasidagi universitetlar bilan yetakchilik qiladi. Avstraliya shaharlari issiq iqlimi, ko‘p madaniyatli muhiti va hayot sifati bilan mashhur.

Manba: https://adu.place/ryeytinh-luchshikh-studyentskikh-horodov-v-2025-hodu/

Fikrlar (0)
Avval yangilari