07:59, Iyul 20, 2026
/
367

Ayrim toifadagi o‘qituvchilar uchun maqsadli magistratura kvotalari tasdiqlandi

Avvalroq hukumatning 2026-yil 24-iyundagi 322-son qarori bilan maktablarda faoliyat yuritayotgan oliy toifali o‘qituvchilar uchun pedagogika yo‘nalishida maqsadli magistratura tizimi joriy etilgani haqida xabar bergan edik. 17-iyul kuni tasdiqlangan qabul parametrlari doirasida ushbu toifadagi talabgorlar uchun ham kvotalar soni e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilda oliy toifali o‘qituvchilar uchun o‘zbek tilli guruhlarda 152 ta, rus tilli guruhlarda 48 ta – jami 200 ta kvota ajratiladi. Ta’lim faqatgina O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetida olib boriladi. Hamda pedagogika nazariyasi va tarixi, pedagogika, taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim), Oʻzbek tili va adabiyoti, ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (huquq taʼlimi), ijtimoiy-gumanitar fanlarni oʻqitish metodikasi (tarix), aniq va tabiiy fanlarni oʻqitish metodikasi (matematika), taʼlimda axborot texnologiyalari, testologiya va bilimlarni baholash malaka-toifalari doirasidagina amalga oshiriladi.

Fikrlar (0)
Avval yangilari